17:50 / 02.03.2015
9 040

Ulug‘bek Rahmatullaevning qo‘shig‘i o‘g‘irlandi!

Ulug‘bek Rahmatullaevning qo‘shig‘i o‘g‘irlandi!

2014-yilning "Eng yaxshi xonandasi" sifatida e’tirof etilgan iste’dodli va mahoratli xonandamiz Ulug‘bek Rahmatullaev yana katta shov-shuvlarga sababchi bo‘lmoqda.

Ijodkorning haqiqiy ma’noda xitga aylangan "Sog‘inib" nomli qo‘shig‘i bugun chet ellik xonanda tomonidan ko‘chirilganligi ayon bo‘ldi. Arman millatiga mansub Grigoryan Esayan Vons ismli ijodkor tomonidan kuylangan "Em kez sirum" qo‘shig‘i ham ommalashishga ulgurdi.

Taronaning tanish ohanglarini eshitgan Ulug‘bek Rahmatullaev qo‘shiqni undan olishganini sezib qolib, avvaliga taajjubga tushgani tabiiy. Biroq ijodkor bu qo‘shiqni salbiy munosabat bilan emas, balki ijobiy hislar bilan qabul qildi. Xattoki, bundan mamnun ekanligini ham bildirdi.

Bu holat shuni anglatadiki, demak, Ulug‘bek Rahmatullaev nafaqat O‘zbekistonda, balki chet ellarda ham ancha mashhur. Bu esa albatta xonandaning yutug‘idir.

Manba: popcorn.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Rahmatullaevning qo‘shig‘i o‘g‘irlandi!