Jamila G‘ofurova tug‘ilgan sanasini nima sababdan o‘zgartirganini ochiqladi

Mashhur aktrisa Jamila G‘ofurova tug‘ilgan sanasini nega o‘zgartirgani haqida ochiq gapirdi. U intervyularidan birida bu qaror ortida juda jiddiy va hayotiy sabab yotganini ta’kidladi.
Aktrisaning aytishicha, u aslida juda ramziy sana — 9 oy, 9 sana, 9 uy, 9 raddom va soat 9 da dunyoga kelgan. Uning tug‘ilgan kuni to‘liq “9” raqami bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu sanani o‘zgartirishga majbur bo‘lganini bildirib o‘tdi.
Jamila G‘ofurova bu qarorning asosiy sababi sifatida to‘rtinchi farzandining tug‘ilishi bilan bog‘liq og‘ir voqeani keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 23 mart kuni farzandini dunyoga keltirayotgan paytda yuragi to‘xtab qolgan.
“Shu holatda ham Allohning irodasi bilan yashab qolganman va hayotga qaytganman”, — deya eslaydi aktrisa. Aynan shu voqea uning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan va tug‘ilgan sanasini o‘zgartirishiga sabab bo‘lgan.
Aktrisaning ushbu samimiy e’tirofi muxlislar orasida katta taassurot qoldirib, uning hayotidagi sinovlar va matonatiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!