17:38 / 22.02.2017
16 905

Shahar markazidagi ko‘p qavatli uydan kredit asosida kvartira olish uchun nima qilish kerak?

Shahar markazidagi ko‘p qavatli uydan kredit asosida kvartira olish uchun nima qilish kerak?

Aholini, shu jumladan yosh oilalarni, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarni va uy-joy sharoitlarni yaxshilashga ehtiyojmand bo‘lgan boshqa fuqarolarni arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida 2016 yil 22 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan quyidagi bosqichlarda ipoteka kreditini olish mumkin, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Birinchidan, viloyatlarda viloyat markazi shahar (Toshkent shahrida tuman) xokimliklarida tashkil etilgan hududiy komissiyaga ariza bilan murojaat etiladi.

Ikkinchidan, tashkil etilgan hududiy komissiya tomonidan fuqaroni uy-joyga ehtiyojmandlik mezonlaridan kelib chiqqan holda o‘rganib chiqiladi. Ijobiy xulosaga ko‘ra, ushbu fuqaroga qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joydagi xonadonlardan biri biriktiriladi.

Uchinchidan, shu vaqtning o‘zida xonadon (ko‘p qavatli uydagi kvartira) qiymatining kamida 25 foiz miqdoridagi pul summasi boshlang‘ich badal sifatida fuqarolar tomonidan Ipoteka-bank filiallarida shakllantirilishi lozim. Shuningdek, boshlang‘ich badal summasini Ipoteka-bank tizimida joriy qilingan “Imkoniyat” yutuqli jamg‘arma omonat turi orqali ham shakllantirish mumkin.

To‘rtinchidan, ko‘p kvartirali uy-joy qurib bitkazilganidan so‘ng, biriktirilgan xonadonni sotib olish uchun fuqaro Ipoteka-bankning tegishli filialiga murojaat etishi lozim. Bunda quyidagi hujjatlar bankka taqdim etiladi:

-ipoteka kreditini olish uchun ariza;

-kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi)ning pasport asl nusxasi (bank tomonidan nusxalar olinadi);

-kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oyda olgan daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;

Kredit oluvchiga ipoteka krediti quyidagi imtiyozli shartlarda taqdim etiladi:

-kredit muddati – 20 yil

-imtiyozli davr – 3 yil

- kredit foiz to‘lovi – dastlabki 5 yilda yillik 7 foiz, keyingi yillarda Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasida.

- kredit miqdori – sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizi miqdorigacha.

Barcha rasmiylashtirish jarayonlari nihoyasiga etgandan so‘ng, bank tomonidan fuqaroga biriktirilgan xonadonni sotib olish uchun imtiyozli ipoteka krediti ajratiladi. Kredit oluvchining (oila a’zolari) kredit bo‘yicha oylik to‘lovlarni qaytarish uchun yo‘naltirilgan mablag‘i soliqqa tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarning qaytib olmaslik sharti bilan o‘z xodimlariga ipoteka kreditining boshlang‘ich badalini to‘lagan mablag‘i va kredit to‘liq qaytguniga qadar ipoteka kreditiga sotib olingan xonadon mol-mulk solig‘iga tortilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahar markazidagi ko‘p qavatli uydan kredit asosida kvartira olish uchun nima qilish kerak?