Turkiyalik taniqli aktyor Kaan Urganjioʻgʻli “Baron-2” filmini suratga olish jarayonida qatnashish uchun Oʻzbekistonga keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan treylerdagi Kaan Urganjioʻgʻli qatnashgan epizodlar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqishga sabab boʻldi.
Turkiyalik aktyor oʻzining “Baron-2” filmidagi obrazi haqida maʼlumot berdi:
“Topshirilgan rol menga maʼqul keldi. Ehson obrazini ijro etayapman. Asli chechen boʻlgan Ehsonning hikoyasi Suriyada kechadi. Suriya bilan bogʻliq sahnalarda u koʻrinadi. Ukasi Suriyadagi janglarga ketganidan keyin Ehson ham uning ortidan Suriyaga boradi. Uning maqsadlari esa umuman boshqacha boʻladi. Filmdan koʻrib olasiz, sirni butkul ochishni istamayman” deya javob bergan Kaan Urganjioʻgʻli.
Maʼlumot uchun, “Baron-2” filmi Kaan Urganjioʻgʻli ishtirokidagi ilk xorijiy film loyihasi boʻlib, bungacha u Amazon Primeʻning “Jek Rayan” serialida suratga tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi