17:30 / 06.08.2019
5 404

Yulduz Usmonova Qurbon hayiti kuni Tojikistonda konsert beradi (foto, video)

Yulduz Usmonova Qurbon hayiti kuni Tojikistonda konsert beradi (foto, video)
Foto: maxresdefault
Tojikiston va O‘zbekiston estradasi yulduzlari Shabnam Surayyo va Yulduz Usmonova Tojikistonda konsert beradi. Bu haqda Shabnam Surayyo o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Foto: «Asia-Plus»
«Asia-Plus»ning yozishicha, hamkorlikdagi konsert Xo‘jand shahridagi «Ravshan» restoranida 11 avgust kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq ular «Taralla Dalli» qo‘shig‘ini duet tarzida ijro etgandi. Qo‘shiq musiqasini Yulduz Usmonova bastalagan. «Bu o‘zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova bilan uzoq kutilgan duetimizdir. Men uchun bu katta sharaf. Shunday ajoyib va ijodkor inson bilan duet aytganimdan xursandman», — deb yozgan Shabnam o‘zining Instagram’ida.

Qo‘shiq tojik xonandasining Youtube kanaliga joylangan, biroq qo‘shiqqa hali klip suratga olinmagan. Hozirda ushbu qo‘shiqni 4 milliondan ortiq odam eshitgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova Qurbon hayiti kuni Tojikistonda konsert beradi (foto, video)