Paratsetamol dori vositasi jinsiy gormonlarga salbiy ta’sir qilib, bepushtlik yoki homila rivojlanishida nuqsonlar xatarini oshiradi. Bunday xulosaga San-Diyegodagi Human Longevity tashkiloti olimlari kelishdi. Bu haqda The San Diego Union-Tribune nashri ma’lum qildi.
Tadqiqotda 18 yoshdan katta 455 kishi qatnashgan. Bundan tashqari, tahlilga 1880 nafar yevropalik egizak va afroamerikan yoki ispan ildizlariga ega 1235 kishi tekshirilganda olingan ma’lumotlar kiritilgan. Olimlar metabolizm (moddalar almashinuvi) uchun muhim bo‘lgan 700 ta birikma miqdori o‘zgarishini kuzatishgan.
Aniqlanishicha, barcha guruhlarda paratsetamol qabul qilish bilan bog‘liq neyrosteroid jinsiy gormonlar kamayishi kuzatilgan. Bundagi salbiy effekt organizmning gormonal darajada 35 yil qarishiga teng bo‘lgan, bu esa o‘z navbatida platsenta disfunksiyasi va reproduktiv qobiliyatlarning buzilishiga olib keladi. Bu, shuningdek, asab tizimi kasalliklarga olib keladi hamda homila tushib qolishi yoki homila rivojlanishida nuqsonlar xatarini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?