2016 yilda maktablarni qariyb 477 ming o‘quvchi bitiradi

  • 25 may 2016, 11:05
  • 6 027
  • O‘zbekiston
  • 2016 yilda maktablarni qariyb 477 ming o‘quvchi bitiradi

    Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2015/2016 o‘quv yili yakunlari va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda "Darakchi.uz" xabar berdi.

    2015 yilda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf chet tillari kabinetlarini 6775 sinf to‘plam texnik vositalari bilan jihozlandi. Joriy yilda 1220 ta umumta’lim maktabini kompyuter sinfi, interaktiv elektron doskalar va kondisionerlar bilan jihozlash belgilangan.

    Joriy o‘quv yilida maktab o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan bilimlar bellashuvining dastlabki bosqichida 2,5 million nafar o‘quvchi ishtirok etgani o‘g‘il-qizlarning o‘qishga bo‘lgan intilishi muttasil ortayotganidan dalolat beradi.

    Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Konsepsiya ishlab chiqildi. Konsepsiyaning maqsadi yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning mazmunli dam olishlarini tashkil etish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usi, sog‘lom turmush tarzi, kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdan iborat.

    Ta’lim muassasalarida shu yilning 15 iyunidan 15 avgustiga qadar haftaning dushanba-juma kunlari o‘quvchilarning yoshi va qiziqishidan kelib chiqqan holda madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

    Bundan tashqari xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablari, bolalar – o‘smirlar sport maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va axborot-resurs markazlari yoz mavsumida davomida bolalar uchun faoliyat ko‘rsatadi.

    Ayni kunda maktablarning 9-sinflarida 476 ming 616 nafar o‘g‘il-qiz bilim olmoqda. Ularni ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish maqsadida 1-9-sinf o‘quvchilariga oid to‘liq ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalarning kelgusida qaysi kollej yoki liseyda tahsilni davom ettirishini mukammal o‘rganish maqsadida maxsus so‘rovnomalar o‘tkazildi. Unga ko‘ra o‘quvchilarning 42 870 nafari (9%) akademik liseylarda, 433 738 nafari (91%) kasb-hunar kollejlarida o‘qish istaklarini bildirishgan. 9-sinf bitiruvchilari uchun “Men tanlagan kasbni-kelajak hayotimdagi o‘rni” mavzusida insholar tanlovi, “Kasblar festivali”, “Ochiq eshiklar kuni”da o‘zi yashab turgan hududdagi ishlab chiqarish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, ta’lim muassasalariga sayohat va ekskursiyalar tashkil etildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 2016 yilda maktablarni qariyb 477 ming o‘quvchi bitiradi