Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida viloyat asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazi foydalanishga topshirildi, deya yozmoqda Uz24.uz sayti.
Viloyat asalarichilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan ishlab chiqarish o‘quv markazida barcha sharoit yaratilgan. Markazda ilmiy-tekshiruv laboratoriyasi, trening zallari, ixtisoslashtirilgan kutubxona, elektron arxiv bazasi, shuningdek, asalni qayta ishlash va qadoqlash sexi, tikuvchilik, mum-parda, asbob-uskuna va asalari uyasi ishlab chiqarish sexlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, asalarichilikda naslchilik laboratoriyasi, qariyb 2 gektar eksperimental bog‘ va asal beruvchi o‘simliklarni etishtirishga mo‘ljallangan ekin maydoni tashkil etilgan.
Zamonaviy dastgoh va uskunalar bilan jihozlangan yangi markaz sohani yanada rivojlantirish, yosh mutaxassislarning kollejlarda olgan bilimini amaliyotda mustahkamlashga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi