Toshkent va Olma-ota hokimlari qaysi masalalarni muhokama qilishdi?

  • 23 dekabr 2016, 16:03
  • 4 375
  • O‘zbekiston
  • Toshkent va Olma-ota hokimlari qaysi masalalarni muhokama qilishdi?

    Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov Olma-ota hokimi Baurjan Baybek bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Olma-ota shahri hokimiyati matbuot xizmati xabar beradi.

    Uchrashuv chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamalash masalalarini muhokama qilishdi.

    Joriy yilning 10 oyida Olma-ota va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 62 foizga o‘sib, 200 mln dollarni tashkil etgani ta’kidlandi. Ayni vaqtda Olma-otada 129ta qo‘shma va 236ta o‘zbek korxonasi faoliyat olib bormoqda.

    Toshkent va Olma-ota hokimlari uchrashuvida kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, aholi uchun turarjoylar qurish hamda turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkent va Olma-ota hokimlari qaysi masalalarni muhokama qilishdi?