Sizga jurnalist sifatida murojaat etishimdan maqsad bizni soxadagi eng og‘riqli muammoni bayon etishdir. Mana mustaqil bo‘lganimizga 25 yildan oshdi. Har bir soxalarda katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Milliy jurnalistikamiz ham rivojlandi. Buni telekanallar, radio, gazeta va internet portallari misolida ham ko‘rish mumkin. Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Quvonarlisi ularning aksariyati xususiy, mustaqil OAVlardir.
Biroq, aksariyat OAVlar xorij yangiliklarini va qo‘shni davlatda ro‘y bergan yangilik, hodisalarni yoritishda TASS, RIA-Novosti va boshqa chet-el axborot agentliklariga murojaat etadi. Bugungi kunda xorij yangiliklarini yoritishda jurnalistlar tarjimon bo‘lib qolmoqda. Faqatgina chet-el axborot agentliklarining nuqtai nazaridan kelib chiqib yangiliklarni yoritmoqdamiz. To‘g‘ri yangilikda mulohaza bo‘lmaydi unda quruq axborot etkaziladi. Lekin, shu yangilikni etkazishda ham dunyo axborot maydonida xolislik yuqori emas. Unda baribir noxolislik bor va uning ortida qaysidir davlatning manfaati yotadi. Bu xususida ortiqcha yozishning nazarimda hojati yo‘q.
O‘zimizning dunyo miqyosida yoki MDX, chegaradosh qo‘shni davlatlar voqealarini etkazib beruvchi xalqaro jurnalistlarimiz yo‘q. Aniqrog‘i, xalqaro yangiliklarni O‘zbekiston “ko‘zi, so‘zi” bilan sharhlaydigan axborot agentligi yo‘q. To‘g‘ri “jahon” axborot agentligi mavjud, lekin uning faoliyati mamlakatimiz axborot bozorida yo‘q darajada. Qaysi etakchi axborot vositasi aynan, “jahon” agentligining ma’lumotlariga asoslanib axborot etkazadi? Men "jahon" axborot agentligini tanqid qilish niyatida emasman. Maqsadim, yurtimizda o‘zimizning dunyo miqyosida faoliyat yurituvchi axborot agentligi bo‘lsa. Bugungi kunda axborot bozorimizdagi yangiliklarning aksariyati rus tili, qisman ingliz tilidan tarjima qilinadi. Mustaqilligimizga 25 yildan oshdi, nazarimda bizning ham dunyoning dolzarb yangiliklarini, joyidan birinchi manba sifatida etkazib beruvchi axborot agentligiga ega bo‘lishimiz vaqti etdi. Bu borada amaliy yordam berishingizni so‘rab qolaman. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi