2016 yil sentyabrdan adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Ruslanbek Davletov O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Mazkur o‘zgarish Prezident Shavkat Mirziyoyevning 4 yanvardagi qarorida o‘z aksini topdi. Bu haqda Sof.uz xabar qildi.
Davletov to‘rtta oliy ta’lim muassasasi, xususan, Buyuk Britaniyadagi Varvik universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2001 yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida etakchi mutaxassis sifatida boshlagan. Keyinroq mazkur qo‘mitada bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
2004−2012 yillarda Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2012−2014 yillarda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud tizimi mustaqilligini ta’minlash tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari va direktor v.b, 2014−2016 yillarda — Prezident Devonida sektor mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?