O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda "O‘zA"ga tayanib "Kun.uz" xabar qilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi tashrifini qoraqalpoq zaminidan boshlagani muhim ahamiyatga ega. Bu albatta davlat rahbarining Qoraqalpog‘istonga, qoraqalpoq xalqiga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tiboridan dalolat beradi.
Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 10 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida: “Men nafaqat o‘zbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman!”, deb ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, ushbu mintaqada yashayotgan aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib, jumladan: “Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo‘lsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U erda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat’iy nazoratga olamiz”, degan edi.
Aytish mumkinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bugungi tashrif ana shunday ezgu maqsadlarning, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarning yana bir amaliy ijrosi sifatida namoyon bo‘ldi.
Ma’lumki, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat, qurilish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari ham jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotning qariyb yarmi, hududiy eksportning 75 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi aynan shu sohada mehnat qilmoqda.
Ayni paytda bu hududning murakkab sharoiti, Orol dengizi bilan bog‘liq mintaqada yuzaga kelgan ekologik ofat aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalikni himoya qilish, oila va mahalla institutlariga e’tibor qaratish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan amaliy ishlarni talab etmoqda.
Ana shu maqsadda davlatimiz rahbari tashrif davomida oddiy odamlar bilan uchrashdi, oilalarga kirib, ularning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Xalq bilan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi