7 417
Shavkat Mirziyoyev: "375 ming bola va 80 mingga yaqin homilador ayol bepul vitamin va mineral komplekslari bilan ta’minlanadi"
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qator faollari bilan uchrashdi. Unda Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, deb yozadi Kun.uz sayti.
"Sog‘liqni saqlash va aholi genofondini muhofaza qilish borasida jami 208 milliard so‘mlik 15 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 5 yoshgacha bo‘lgan 375 ming bola va 80 mingga yaqin homilador ayol bepul vitamin va mineral komplekslari bilan ta’minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ayollar va bolalar o‘rtasida kasallanishning oldini oladi.
70 mingga yaqin qariya har xil vitaminlar kompleksi bilan ta’minlanadi va ularni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. 3 mingdan ziyod kishiga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida 26ta tez yordam stansiyalarining moddiy texnika bazasini yanada yaxshilash va umumiy amaliyot shifokorlari uchun qishloq tibbiy punktlar, uy-joylar quriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi