13:19 / 10.02.2017
11 380

Qashqadaryolik nafaqaxo‘r papayya daraxtini o‘stirmoqda

Qashqadaryolik nafaqaxo‘r papayya daraxtini o‘stirmoqda

Qarshi tumanining Mirmiron mahallasida yashovchi nafaqaxo‘r Ulug‘bek Qarshiev o‘zining haqiqiy tropik manzara hosil qilgan issiqxonasida papayya etishtirdi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Tomorqachi hovlisi o‘rtasidagi uchta issiqxona jami 13 sotix maydonni egallagan. Ayni kunlarda issiqxonada bo‘yi 5-6 metr keladigan, barglari shapaloqdek, hali pishib ulgurmagan mevalari qovunni eslatadigan papayya daraxti o‘stirilmoqda. Nafaqaxo‘rning qayd etishicha, uning ko‘chati 3—4 yil avval ekilgan.

Dehqonlar uni qovun daraxti deb ham ataydi. Erga qadaganingizdan so‘ng 6—7 oyda hosilga kiradi. Mevasining og‘irligi 6—7 kilogrammgacha etadi. Bir tup papayyadan 50—60 donagacha meva olish mumkin. Issiq iqlimda o‘sgani bois issiqxona sharoitiga yaxshi moslashadi. Ammo kasallikka tez chalinib, birdan qurib qolish holatlari ham uchrab turadi. Shu bois bu o‘simlikka o‘ta e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Issiqxona harorati 10 darajadan yuqori bo‘lganida papayya tinmay gullayveradi. Shunda hosiliyam mo‘l bo‘ladi.

Ulug‘bek Qarshiev, issiqxona egasi


Issiqxonada, shuningdek, palma daraxti, 200 tup limon, mandarin va apelsin ko‘chatlari, fikus, fikus gitara, va aleandra gullari, bir necha tup banan daraxti ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qashqadaryolik nafaqaxo‘r papayya daraxtini o‘stirmoqda