17:42 / 02.03.2017
7 029

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi qarorni imzoladi

23 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti «Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror imzoladi. Bu haqda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib Sof.uz xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, qurilishi bitmagan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarida investisiya loyihalarini amalga oshirayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, ijarachilarga tijorat banklari tomonidan 5 yil muddatga, 12 oylik imtiyozli muddat bilan imtiyozli kreditlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Hujjatda hududiy qurib bitkazilmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari inventarizasiya qilish va aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiyalar tuzish belgilangan. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining tegishli hududiy boshqarmalari ularning ishchi organlari sifatida ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi qarorni imzoladi