10:54 / 12.03.2017
7 793

Buxoroda Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universal sport majmualaridan biri quriladi

Buxoroda Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universal sport majmualaridan biri quriladi

Buxoro shahrida kelgusi yilda Markaziy Osiyodagi eng yaxshi sport majmualaridan biri barpo etiladi. Mamlakat prezidenti Buxoro viloyatiga safari davomida ushbu ob’ekt loyihasi bilan tanishgan.

O‘zA xabariga ko‘ra, ushbu sport majmuasi shahar markazidagi yangi nom berilgan Islom Karimov ko‘chasi va Ibn Sino ko‘chasi kesishmasida joylashadi. 2018 yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu majmuada 15 sport turi bo‘yicha mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Undan uchta mashg‘ulotlar zali, basseyn, tennis korti, 3 ming 500 tomoshabinga mo‘ljallangan zal o‘rin oladi. Majmua sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport metodikasi bo‘yicha namunaviy markaz bo‘ladi, deb yozmoqda Kun nashri.

Prezident majmuada yozgi va qishki sport maydonlari qurish lozimligini ta’kidladi. Viloyatdagi sport inshootlarini inventarizasiya qilish, ularni muayyan sport turiga ixtisoslashtirish, ommaviyligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoroda Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universal sport majmualaridan biri quriladi