8 840
O‘zbekiston jahonning eng baxtli mamlakatlari ro‘yxatida 47-o‘rinni egalladi. MDHda esa — birinchi
20 mart — Xalqaro baxt kunida Sustainable Development Solutions Network tashkiloti BMT ko‘magida yillik World Happiness Report — Jahon baxtiyorlik darajasi haqida hisobotni e’lon qildi, deya yozadi Daryo nashri.
Umume’tirof etilgan mazkur hisobot hisob bo‘yicha beshinchisidir. Unda asosiy e’tibor alohida odamlar va xalqlar baxtiyorligining ijtimoiy asoslariga qaratiladi. Hisobot natijalari jahonning 155 mamlakatidagi 3000 respondentning javoblari asosida tayyorlangan.
Hisobotda olti asosiy jihat bo‘yicha aholi turmushining o‘rtacha ko‘rsatkichlari keltirilgan: aholi jon boshiga YaIM hajmi, ijtimoiy ko‘mak, sog‘lom hayotning kutilgan davomiyligi, hayotni tanlash erkinligi, sahovatpeshalik va korrupsiyadan xolilik.
Mazkur reytingda O‘zbekiston MDH mamlakatlari bo‘yicha eng yuqori — 155 mamlakat orasida 47-o‘rinni egalladi
Mazkur hisobotning ikkinchi qismi 2005—2007 yillar va 2014—2016 yillar oralig‘ida mamlakatlar aholisining baxtiyorlik darajasi qanchalik o‘zgargani tadqiqiga bag‘ishlangan. Hayotdan qoniqib yashash sur’ati o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston jahon bo‘yicha kuchli o‘nlikdan joy olgan.
Avvalroq, umumiy ro‘yxatda Norvegiya peshqadam ekani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi