O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi deb yozadi Kun.uz.
Nizomda o‘quv yili davomiyligi va ta’tillar muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston maktablarida joriy o‘quv yili 33 haftadan 34 haftaga uzaygan, birinchi sinflar uchun esa 30 hafta o‘rniga 33 hafta etib belgilangan.
O‘quv yili davomidagi ta’tillar muddati quyidagicha belgilandi:
Kuzgi ta’til: 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun (ilgari 4 noyabrdan boshlab 8 kun);
Qishki ta’til: 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kuni (ilgari 31 dekabrdan 11 kun);
Bahorgi ta’til: 21 martdan boshlab 7 kalendar kuni (ilgari 22 martdan 10 kun);
Yozgi ta’til: oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan, bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun esa o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan boshlab 1 sentyabrgacha (o‘quv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha);
1-sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha bir haftalik ta’til: fevral oyi davomida (fevral oyi o‘rtalarida).
Barcha maktablarda dars soati qat’iy ravishda 45 daqiqa deb, tanaffus esa 5-10 daqiqa deb belgilandi.
Hujjat 2017 yil 22 martdan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi