Prezident devoni xizmati Quyichirchiq, Chinoz va Oqqo‘rg‘on tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi

  • 10 aprel 2017, 19:12
  • 5 752
  • O‘zbekiston
  • Prezident devoni xizmati Quyichirchiq, Chinoz va Oqqo‘rg‘on tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi
    Prezident devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati hamda Toshkent viloyati Quyichirchiq, Chinoz hamda Oqqo‘rg‘on Xalq qabulxonalari tomonidan Do‘stobod shaharchasida aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi, deb yozadi "Daryo.uz" nashri.
    Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga tumanlar aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

    Xususan, 8 aprel holatiga Quyichirchiq tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 1 859 tani tashkil qildi. Bundan 1 803 tasi jismoniy shaxslar, 56 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Murojaatlarning 88,4 foizi ko‘rib chiqildi.

    Chinoz tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 2 028 tani tashkil qiladi. Ulardan 1 942 tasi jismoniy shaxslardan, 86 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 90,6 foizi ko‘rib chiqildi.

    Oqqo‘rg‘on tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 1 923 tani tashkil qiladi. Bundan 1 859 tasi jismoniy shaxslar, 64 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Ularning 90,4 foizini ko‘rib chiqishga ulgurildi.

    Tumanlardan kelgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda ularning asosiy qismi uy-joy olish va uy-joy qurish uchun er ajratish, fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tish, moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish, mehnat va bandlik, elektr va gaz ta’minoti, bank-moliya masalalariga oid ekanligi aniqlandi.

    Sayyor qabulda tumanlar fuqarolari tomonidan yo‘llangan 130 dan ziyod murojaat tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganildi. Fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan tegishli sohalarga mas’ul bo‘lgan rahbarlarga bevosita murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

    Murojaatlarning aksariyat qismi joyida echimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Prezident devoni xizmati Quyichirchiq, Chinoz va Oqqo‘rg‘on tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi