18:28 / 07.06.2017
12 690

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga direktor tayinlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga direktor tayinlandi
Botir Bahromovich Qudratxo‘jaev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Prezidenti 6 iyun kuni bu haqdagi farmonni imzolagan.

Botir Qudratxo‘jaev 2016 yilning avgust oyida Toshkent shahar prokurori etib tayinlangandi, deb yozadi UZ24 sayti.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi hukumatning 29 maydagi farmoni asosida tashkil etildi. Byuro energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash singari vazifalarni bajaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga direktor tayinlandi