12:26 / 13.06.2017
7 254

Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
13 iyun kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Samarqand viloyatiga shu vaqtgacha Bekobod tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Turobjon Jo‘raev hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U 12 iyun kuni prezident tomonidan ishdan olingan Himmat Oqbo‘taev o‘rnida ish boshlaydi.

Jo‘raev Moliya vaziri o‘rinbosari, Xalq ta’limi vaziri sifatida ishlagan (2004—2008 yy), keyinroq 2008—2011 yillarda Surxondaryo viloyatida hokim bo‘lgan. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2011 yilning kuzida uni Qashqadaryo viloyatiga hokim etib tayinlagan, 2013 yilning sentyabrida esa u qattiq tanqid qilinib, ishdan olingandi.

U shu yilning aprelida rahbarlik lavozimiga qaytarilgan, Toshkent viloyati, Bekobod tumani hokimi sifatida ish boshlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi