22:39 / 22.06.2017
16 259

"O‘zbekiston havo yo‘llari" ichki reyslar uchun maxsus narxlar belgiladi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" ichki reyslar uchun maxsus narxlar belgiladi
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi (MAK) qator ichki reyslar uchun reklama tariflarini e’lon qildi. Bu haqida aviakompaniya saytida xabar berildi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Andijon, Farg‘ona, Namanganga borish va qaytish yo‘nalishi bo‘yicha reklama tarifi amal qilishi to‘g‘risida xabar qiladi. Ushbu yo‘nalishlarda bir tomonga chipta narxi yig‘imlarini ham qo‘shib hisoblaganda 17 EURO'ni tashkil qiladi. O‘zbekiston rezidentlari uchun to‘lov O‘zR MBning aviachiptalarni sotish kunidagi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi", - deyiladi MAK xabarida.

Bundan tashqari, MAK saytida Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishiga nisbatan ham reklama tarifi joriy qilingani ma’lum qilingan. Bu yo‘nalishdagi aviachipta narxi yig‘imlarini qo‘shib hisoblaganda 50 EURO'ni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » "O‘zbekiston havo yo‘llari" ichki reyslar uchun maxsus narxlar belgiladi