Bugun O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasida “Oq oltin – Selinnыy” va “Malik – Sirdaryo” o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu punktlar O‘zbekiston fuqarolariga M39 yo‘lining Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi qismidan foydalanishga imkon beradi. Marosimda ikki mamlakat hukumat vakillari, jamoatchilik qatnashgan.
Endi Janubiy viloyatlardan Toshkent shahriga boruvchi va qaytuvchi fuqarolar M39 yo‘lining Qozog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 24 kilometrlik qismidan foydalanishlari mumkin.
Shu paytgacha haydovchilar 17-post deb ataluvchi yo‘l-patrul xizmati maskanidan Chinoz YPX maskanigacha Sirdaryo viloyati hududida 70 km.ga yaqin yo‘l bosishar edi. To‘g‘ri yo‘l ochilishi bilan ushbu masofa 46 kilometrni tashkil etadi.
Oldinroq berilgan xabarlarga ko‘ra, davlatlar chegaralarini kesib o‘tishda yengillashtirilgan pasport nazorati yo‘lga qo‘yiladi va kirish chiqish shtamplari bosilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi