23:05 / 20.07.2017
7 470

Jizzaxda Sharof Rashidovning byusti ochildi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani markazida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning byusti ochildi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Jizzaxda Sharof Rashidovning byusti ochildi

Atoqli davlat arbobi tavallud topgan, hozir uning nomi bilan ataladigan tuman markazida Sharof Rashidov byusti ochilishiga bag‘ishlangan marosimda adibning yaqinlari, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari, fan va adabiyot namoyandalari ishtirok etdi. Tuman markazida barpo etilgan maydonga o‘rnatilgan yodgorlikka yopilgan pardani Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova va Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqov ochdi.

Viloyatdagi ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jizzaxda Sharof Rashidovning byusti ochildi