18:34 / 21.07.2017
6 296

Chimyonda 500 o‘rinli mehmonxona va zamonaviy osma yo‘l qurish rejalashtirilmoqda

Chimyonda 500 o‘rinli mehmonxona va zamonaviy osma yo‘l qurish rejalashtirilmoqda
Chimyon oromgohida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun 500 o‘rinli zamonaviy mehmonxona majmuasi barpo etiladi. Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Uz24 sayti.

Shuningdek, ushbu hududda zamonaviy osma yo‘l qurish rejalashtirilgan. Uzunligi 2 kilometr bo‘lgan, 26 kabinadan iborat osma yo‘lni 10 oyda qurish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentga hududlarning sayyohlik imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha rejalar, 2017-2018 yillarda viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkich prognoz parametrlari taqdim qilindi.

Ma’lumot uchun, viloyatda Chimyon oromgohi, Chorvoq suv ombori, Ixnoj, Urungach, Shovur, Bodak ko‘llari bor. Jami 45 ta mehmonxona bo‘lib, o‘tgan yili 100 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyurgan. 4 turoperator, 4 tabiiy ko‘l, 71 sanatoriy, 1 qo‘riqxona, 5 o‘rmon xo‘jaligi mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chimyonda 500 o‘rinli mehmonxona va zamonaviy osma yo‘l qurish rejalashtirilmoqda