21:33 / 04.09.2017
6 203

GM Uzbekistan va «O‘zbekiston havo yo‘llari»: narxlar «muzlatilishi» kutilmoqda

GM Uzbekistan va «O‘zbekiston havo yo‘llari»: narxlar «muzlatilishi» kutilmoqda
GM Uzbekistan avtomobilsozlik kompaniyasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi o‘z mahsulotlari va xizmatlari uchun narx va tariflarni haqiqiy ma’noda so‘mga o‘tkazishi, xorijiy valyutaga bog‘langan tariflarini so‘mda qayta hisoblashi haqida e’lon qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi choralar haqida"gi farmonni imzolagan edi.

Mazkur farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, yetkazib berilayotgan tovar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi oshib ketishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari 5 sentyabrdan o‘z tariflarini so‘mga o‘tkazishi, tariflarga asos sifatida Markaziy bankning 29 avgustdagi kursi (4210,35 so‘m)ni olish bo‘yicha qaror qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.

«Gazeta.uz»ning o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, yaqin vaqt ichida narx va tariflari dollar yoki boshqa xorijiy valyutada belgilangan O‘zbekistondagi barcha kompaniyalar, xususan, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va GM Uzbekistan kompaniyasi ham telekom-shirkatlarnikiga o‘xshash qarorlarini e’lon qilishlari kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » GM Uzbekistan va «O‘zbekiston havo yo‘llari»: narxlar «muzlatilishi» kutilmoqda