O‘zbekiston tijorat banklarida hozircha naqd xorijiy valyuta sotuvga chiqarilgani yo‘q. Bunga sabab – boshqaruv organlari tomonidan ushbu sohada banklar faoliyatini yo‘lga qo‘yadigan yo‘riqnomalar chiqarishga ulgurmaganidir. Bu haqda Sputnik nashri ma’lum qildi.
Bank sohasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, aholiga naqd valyuta sotish yo‘riqnomalarini belgilaydigan hujjat yaqin kunlarda paydo bo‘lishi kerak.
«10 oktyabrgacha kerakli yo‘riqnomalarni olamiz va ularni amalga oshirishga kirishamiz. Ayni damda ushbu hujjat tayyorlanib Adliya vazirligi, Senat va Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilmoqda», — dedi bank xodimi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sotish miqdorida cheklovlar va valyuta sotishga doir barcha tafsilotlar ushbu hujjat chiqqanidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, boroz oldin O‘zbekistonda 1 oktyabrdan boshlab jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun naqd valyuta sotib olish huquqi berilishi haqida e’lon qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi