22:20 / 19.01.2018
6 783

Markaziy bank eng ko‘p valyuta sotilgan va xarid qilingan hududlarni ma’lum qildi

Markaziy bank eng ko‘p valyuta sotilgan va xarid qilingan hududlarni ma’lum qildi
​Markaziy bank o‘tgan yilda sotilgan va xarid qilingan xorijiy valyuta to‘g‘risida ma’lumotlarni ma’lum qildi. 2017 yil sentyabr-dekabr tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan 854 million dollarni sotib olishdi.

"Aholidan xorijiy valyutani solib olish operatsiyalari asosiy ulushi Toshkent — 32 foiz%, Samarqand — 10 foiz, Farg‘ona — 9 foiz%, Andijon — 8 foiz, Namangan — 7 foiz to‘g‘ri keladi", — deb ta’kidlashdi Markaziy bankda.

Valyutani aholiga sotishga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston banklari aholiga 56 million dollar sotishgan. Bu jarayon to‘rt oy davomida doimiy ijobiy dinamikaga ega bo‘ldi: sentyabrda — 3,9 million dollar, oktyabrda — 11,9 million dollar, noyabrda — 17,8 million dollar, dekabrda — 22,3 million dollar.

"Chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish hajmining oyma-oy o‘sishi, import qiluvchi xususiy tadbirkorlarning norasmiy bozordan bank sektoriga o‘tishi bilan izohlanadi, ularning umumiy sotishdagi ulushi 60 foiz yoki 33,5 million dollarni tashkil qildi", — deya ma’lum qilishdi Markaziy bankda.

Banklarda dollar sotib olish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan hududlar bu: Toshkent — 48 foiz, Toshkent viloyati — 12 foiz, Namangan va Farg‘ona — 9 foiz, Xorazm — 7 foiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017 yil 5 sentyabrdagi jismoniy shaxslar banklar orqali ayirboshlash yo‘lga qo‘yilgandi. Valyuta sotib olinishi tijorat banklarning konversion bo‘limlarda xalqaro to‘lov kartalariga tushirilishi orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu kartalardan foydalanishda chet el mamlakatlarida hech qanday cheklovlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank eng ko‘p valyuta sotilgan va xarid qilingan hududlarni ma’lum qildi