Toshkent shahrida 2 balli erosti silkinishlari sezildi

  • 20 noyabr 2015, 11:47
  • 4 321
  • O‘zbekiston
  • Toshkent vaqti bilan 20 noyabr, juma kuni soat 9:46 da Qirg‘iziston hududida 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi. «Toshkent» markaziy seysmostansiyasidan «Daryo»ga ma’lum qilishlaricha, zilzila markazi Toshkent shahridan 355 kilometr sharqda joylashgan.

    Toshkent shahrida 2 balli erosti silkinishlari sezildi

    Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila natijasida Toshkent va Farg‘ona shaharlarida Rixter shkalasi bo‘yicha 2 balli, Andijon shahrida esa 3 balli erosti silkinishlari sezildi.

    Ma’lumot uchun, 17 noyabr, seshanba kuni oqshomida Qirg‘izistonning O‘sh shahri yaqinida 5,7 magnitudali zilzila yuz bergan, natijada Toshkent shahrida Rixter shkalasi bo‘yicha 2,5—3 balli erosti silkinishlari sezilgan edi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkent shahrida 2 balli erosti silkinishlari sezildi