16:02 / 18.02.2018
7 032

Yangi qaror bilan uy-joyga muhtoj oilalarning mezonlari belgilandi

Yangi qaror bilan uy-joyga muhtoj oilalarning mezonlari belgilandi
Hukumat qarori bilan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilishicha, nizomga asosan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarga quyidagilar kiradi:

— boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oila;

— ko‘p bolali oilalar;

— to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar);

— daromadi yuqori bo‘lmagan oila (bir oydagi jami daromadi har bir oila a’zosiga belgilangan eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorigacha to‘g‘ri keladigan oila);

— tarkibida birinchi guruh nogironi bo‘lgan yoxud surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs bo‘lgan oila;

— uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv. metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bo‘lmagan oilalar.

Mazkur toifalarga kiruvchi oilalarga tegishli ijtimoiy mezonlar baholangan holda tuman hokimliklarida tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan arzon uy-joylar olish uchun yozma tavsiya beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi qaror bilan uy-joyga muhtoj oilalarning mezonlari belgilandi