4 417
Respublika boʻyicha jami 1 millionga yaqin oʻzboshimcha qurilgan turar joy aniqlangan
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha oʻtkazilayotgan bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida oʻtkazilgan xatlov natijasida respublika boʻyicha jami 1 mln.ga yaqin oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylar aniqlangan.
Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotiga koʻra, ushbu aksiya boshlangandan buyon markazga 38 mingga yaqin murojaat kelib tushdi. Bu esa xatlov natijasida aniqlangan imoratlarning atigi 3,8 foizini tashkil qilmoqda. Murojaatlar natijasi boʻyicha shu vaqtga qadar 5 mingdan ortiq oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqi berildi. Biroq, komissiyaning ijobiy xulosalari mavjud boʻlsada, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan 2 360 ta murojaat yuzasidan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha tegishli qarorlar oʻz vaqtida qabul qilinmadi.
Ushbu holatlar boʻyicha Agentlik tomonidan vakolatli organlarga nisbatan tegishli huquqiy taʼsir choralari koʻrilmoqda. Jumladan, 91 nafar aybdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi va ulardan 41 mln. soʻmdan ortiq jarima undirildi hamda 34 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.
Eslatib oʻtamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi farmoniga muvofiq, fuqarolarga oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini amal qilish muddati 2019 yilning 1 mayiga qadar etib belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi