2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 112,6 mingta o‘lim qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib "Kun" nashri xabar bermoqda.
Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaydi (2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 4,8 promille bo‘lgan).
2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,7%i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5%i - o‘simtalardan, 6,3%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5%i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,1%i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 60,8%i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,6%i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,7%i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2%i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,2%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8%i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,7%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi