12:59 / 19.10.2018
6 413

Ko‘ksaroy qarorgohida Vladimir Putinni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi (foto)

Ko‘ksaroy qarorgohida Vladimir Putinni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 19 oktyabr kuni Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olish marosimi bilan boshlandi.

Marosim avvalida odat bo‘yicha prezidentlar yashil yo‘lakdan yurib shohsupaga ko‘tarilishdi. Harbiy orkestr ijrosida Rossiya va O‘zbekiston madhiyalari yangradi.

Foto: Kremlin.ru

Shundan so‘ng prezidentlar faxriy qorovul oldidan o‘tishdi.

O‘zbekiston prezidenti Vladimir Putinni O‘zbekiston hukumati a’zolari hamda diplomatik korpus vakillari bilan tanishtirdi.

Marosim yakuniida prezidentlar yana bir bor shohsupaga ko‘tarildi, faxriy qorovul musiqa sadolari ostida prezidentlar oldidan saf tortib o‘tishdi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, turli sohalarda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi, O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuv, «Suffa» xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» va boshqa muhim ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.





Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ko‘ksaroy qarorgohida Vladimir Putinni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi (foto)