07:57 / 03.12.2018
3 593

Xorijliklarning O‘zbekistonga viza olish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Xorijliklarning O‘zbekistonga viza olish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Endi xorijliklar O‘zbekistonga kirish vizasini uch yil muddatga olishlari mumkin.

Adliya vazirligining Telegram kanalida xabar berilishicha, hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritilgan.

O‘zgartirishlarga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik kirish-chiqish vizalarini endilikda 3 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirish mumkin.

Bunda viza uchun 300 AQSh dollari miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. Ilgari ushbu vizalarni uzog‘i bilan bir yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtiriish mumkin edi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘zi borib o‘tkazganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining o‘n baravari etib belgilandi (ilgari bu uchun eng kam oylik ish haqining o‘ttiz ikki baravari miqdorida pul to‘langan).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorijliklarning O‘zbekistonga viza olish tartibiga o‘zgartirish kiritildi