Viloyat, tuman va shahar hokimlari mahalliy kengashlarga raislik qilishi amaliyoti bekor qilinadi, deputatlarning vakolatlari kengaytiriladi. Bu haqda prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida aytib o‘tdi.
«2019 yilda hokimning ayni vaqtda Xalq deputatlari kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatishiga doir tartib bekor qilinishi lozim.
Oliy Majlis palatalari rahbarlariga ikki oy muddatda ushbu masalalarni deputat va senatorlar o‘rtasida hamda joylardagi vakillik organlarida atroflicha muhokama qilib, amaliy choralar dasturini qabul qilish tavsiya etiladi.
Hokim hokimligini qilsin, lekin kengash oldida hisobot bersin. Ikki yil oldin bu gaplar amalga oshmaydigan ishdek ko‘rinardi. Ammo yangi yildan shunday bo‘lishi kerak», dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 8 dekabrida O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan ma’ruzasida hokimlar bevosita xalq tomonidan saylanishini taklif qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi