09:36 / 02.05.2024
283

Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov 2 may kuni 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Taniqli aktyor va rejissyor uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Uning rafiqasi, aktrisa Adolat Kimsanova 2022 yilda turmush o‘rtog‘ining xastaligi, to‘rtinchi insultdan keyin to‘shakka mixlanib qolgani haqida so‘zlab bergandi.

Mashrab Kimsanov “Vodillik kelin”, “Olovli yo‘llar”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Masxaraboz”, “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot-mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, “Sehrli qalpoqcha”, “Onaginam orzusi” kabi ko‘plab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Rejissyor sifatida esa “Tog‘lik kuyov” va “Besh qismat” nomli filmlarni suratga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi