O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va sardorimiz Jasur Jaloliddinov Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuv avvalidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- Janob bosh murabbiy, terma jamoangizning ushbu musobaqadagi ishtiroki va ertaga Yaponiya terma jamoasiga qarshi kechadigan final bahsi haqida nimalar deya olasiz?
- Barchaga xayrli kun. Qiziqarli final bo‘lishi shubhasiz. Ikki tengma-teng jamoa ertaga to‘qnash keladi. Biz ham, Yaponiya ham Olimpiadaga chiqish uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdi. Biz o‘tgan Osiyo Kubogida yosh futbolchilar bilan ishtirok etgandik. Yaponiya terma jamoasi ham yoshroq tarkib olib kelgan. Maqsadimiz – chempionlikni qo‘lga kiritish.
- Jasur Jaloliddinov, ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...
- Parij yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimiz va finalda ishtirok etayotganimiz bilan yana bir bor halqimizni tabriklaymiz. Ertaga qiziqarli uchrashuv kechishi aniq, biz esa kubokni O‘zbekistonga olib ketish uchun maksimal harakat qilamiz.
- Bundan oldingi bahslarda raqiblarimiz taXminan qanday uslub tanlashini bilar edik. Yaponiya terma jamoasi esa bizga o‘xshagan hujumkor va dominant futbol tarafdori. Ertaga Yaponiya bizga qarshi qanday uslubni tanlashi mumkin deb o‘ylaysiz?
- Yaponiya terma jamoasini yaxshi taniymiz. Bir ikki marotaba ular bilan to‘qnash kelganmiz. Yaponiyaning o‘yinlarini ko‘rib chiqdik va o‘zimiz uchun reja tuzib oldik. Biz o‘zimizning rejamiz bo‘yicha ishlashda davom etamiz. O‘yin qanday kechishini ertaga bilib olamiz.
- Olimpiadaga yo‘llanma olganingiz o‘zbek futboli uchun qanday ahamiyatga ega? Ushbu musobaqada g‘olib bo‘lish sizlar uchun endi aktualmi?
- Olimpiadaga yo‘l olish bizning birinchi maqsadimiz edi. Biz Olimpiadaga chiqqan birinchi jamoa bo‘ldik. Endi esa kubokni qo‘lga kiritish vaqti keldi.
- Jasur Jaloliddinov, o‘tgan Osiyo Kubogidagi Yaponiyaga qarshi kechgan uchrashuvni eslay olasizmi? O‘sha o‘yinda raqiblaringiz qanday o‘ynagan edi?
- O‘sha musobaqadan yaxshi xotiralar qolgan. Biz o‘sha uchrashuvda chiroyli g‘alaba qozongandik. Hozir esa final ostonasida turibmiz. Yaponiya terma jamoasi so‘nggi ikki yil ichida o‘sishga erishgani shubhasiz.
- Bir nechta futbolchilaringiz o‘z jamoalariga jo‘nab ketishdi, ularning o‘rni qanchalik bilinishi mumkin?
- Legionerlarimiz biz bilan bo‘lganda, biz yanada kuchliroq bo‘lar edik, ammo afsuski, ular jamoalariga jo‘nab ketishdi. Bizda teng tarkib yig‘ilgan va barcha futbolchilarning darajasi teng. Legionerlarning o‘rnini bosa oladigan futbolchilarimiz yetarlicha.
- Jasur Jaloliddinov, butun musobaqa davomida har uch kunda o‘yin o‘tkazib kelayotgan edik. Finaldan avval esa dam olishga ko‘proq vaqt berildi. Bu sizlarga qanchalik foydali bo‘ldi?
- O‘ylashimcha, jismoniy holat bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Ertangi uchrashuvda eng yaxshi formamizda bo‘lamiz.
- Yaponiya terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarni ko‘p marotaba qurbon qiladi, agar musobaqa JCH yoki Olimpiadaga yo‘llanma bermasa. Biz ham Yaponiya kabi har bir siklga tayyorgarlik ko‘rish tizimiga o‘tdik. Ushbu tizimni keyingi Olimpiada o‘yinlari uchun davom ettirish kerakmi?
- Biz ko‘p marotaba buning guvohi bo‘lganmiz. Yaponiya yo‘llanma bermaydigan musobaqalarda yosh futbolchilar bilan ishtirok etar edi. Biz ham shu narsani o‘rgandik va so‘nggi ikki yirik musobaqada yoshlar bilan ishtirok etdik. Yoshroq tarkib bilan o‘ynaganimizga qaramay, yaxshi natija qayd etdik. Bunday tizimning foydali jihatlari ko‘p deb o‘ylayman.
- Jasur, jamoa sardori ekanligingiz sizga ko‘proq bosim beradimi yoki ishonch?
- Ertangi o‘yinda faqat futbol haqida o‘ylashimiz kerak. Jamoa sardori ekanligim menga ko‘proq kuch beradi.
Jasur Jaloliddinov, Diyor Rahimqulovnig xotirasi uchun kubokni Diyorning uyiga olib boramiz deb va’da bergan edingiz. Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo Kubogida. O‘sha va’dangiz hali hamon o‘z kuchidami?
- Ha, Diyor doim biz bilan birga. Nasib qilsa, kubok bilan O‘zbekistonga qaytganimizdan so‘ng uni Diyorning uyiga olib boramiz.
- Qatar mamlakatining ushbu musobaqaga tayyorgarligi haqida gapirib o‘tsangiz... Musobaqaning tashkiliy jihatlarida muammolarga duch kelmadingizmi?
- Qatar mamlakati bunday katta musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha katta tajribaga ega. Tashkiliy ishlar a’lo darajada tashkil etilgan. Qatar mamlakatiga rahmat. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi
Xitoy va AQSH «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi