Harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlarini yilning fevral—mart oylarida o‘tkazilishi chaqiruv va yig‘in punktlari xonalarida belgilangan issiqlik haroratini ta’minlashda qator qiyinchilik va sarf-xarajatlarning ortishiga olib kelmoqda, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Aksariyat holatlarda noqulay ob-havo sharoiti mamlakatning uzoq hududlarida yashovchi fuqarolarni o‘z vaqtida chaqiruv va yig‘in punktlariga yetib kelishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Shuningdek, qish mavsumidagi yo‘llar holati olis hududlarda yashovchi fuqarolarning chaqiruv tadbirlarida to‘liq ishtirok etishini qiyinlashtirmoqda.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va sohaga oid me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash, 2019 yil chaqiruvini sifatli o‘tkazish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Chaqiruv tadbirlarini o‘tkazish davrida yildan yilga takrorlanib kelayotgan kamchiliklar va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ortiqcha sarf-xarajatlar hamda eng avvalo, fuqarolarga qulayliklar yaratishni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrda o‘tkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni zaxiraga bo‘shatish muddatini yilning fevral-mart oylaridan mart-aprel oylariga o‘tkazish taklifi berilgan.
Shunga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Chaqiruv davrining qish mavsumidan bahor mavsumiga o‘tkazilishi natijasida muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirishga doir sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda noqulay ob-havoda kutish punktlarida ularni kuzatish uchun kelgan ota-onalarga qulayliklar yaratib beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi