00:28 / 26.02.2019
7 722

Bu hafta O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Bu hafta O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
25—27 fevral kunlari O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq atrofida, kunduzi 13-18 daraja iliq, respublika janubi va cho‘l zonalarida 20 darajagacha ko‘tariladi, bu shu davr uchun ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori haroratlardir. Bu haqda FVV xabarida aytiladi.

28 fevraldan 2 martgacha respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan nam havo oqimlari asta kirib kela boshlaydi. Mamlakat hududida bulutlilik ortib, 28 fevralda va 1 martda ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. 2 mart kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bu davr mobaynida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li tumanlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va qorga aylanadi.
Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, 28 fevral—1 mart kuni kunduzi 13-18 daraja iliq, 2 martda 10-15 daraja iliq, tog‘li hududlarda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bu hafta O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?