10:50 / 06.03.2019
5 802

Nekuzda 1 kun: “Vagon”dagi nazorat maskani, xarobaga aylangan masjid…(foto)

Nekuzda 1 kun: “Vagon”dagi nazorat maskani, xarobaga aylangan masjid…(foto)
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi “Nekuz” qishlogʻida buyuk shoir, Oʻzbekistonb qahramoni Abdulla Oripov tavallud topgan. Shoirning bolaligi shu hududda joylashgan togʻlar bagʻrida oʻtgan.

Nekuz oʻz bagʻrida Abdulla Oripovdek oʻtkir qalam sohiblarini kamol toptirgani koʻpchilikka maʼlum. Hattoki qishloqda tugʻilib oʻsgan yoshlar bugungi kunda katta-katta korxonalarda ish faoliyatini olib boradi.

Ammo masalaning boshqa tomoni bor…
Yaʼni qishloqda soʻnggi 10 yil ichida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmagan. Natijada hudud anchayin xaroba holga kelib qolgan.

Nekuzga kirishda eʼtiboringizni dastlab Jamaotchilik nazorat maskani tortadi. Bu maskan boshqa jamoatchilik nazotat maskanlaridan farq qiladi.

Yagona farqi maskan “Vagon”da joylashgan. Qishloqlik masʼullar bor imkoniyatdan foydalanib “innovatsiya” kiritishgan.

Oʻzbekistonda vagonda joylashgan Jamoatchilik nazorat maskanlari deyarli uchramasa ham kerak. Uchrasa ham bu maskan “Nekuz” qishlogʻida “qad rostlagan”.

- Jinoyatchilikning oldini olish maqsadida vaqtinchalik “vagon”dan foydalanib turishga majburmiz,-deydi mahalla profilaktika inspektori Murod Toʻxliyev.
Chunki bizda jamoatchilik nazorat maskani hali qurilib, foydalanishga topshirilmagan.

Qishloqda 1998 yilda qurilgan, ayni paytda foydalanishda boʻlmagan masjidning holati kishini taajjubga soladi.

- Bu masjid aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan, - deydi mahalla fuqarolaridan biri Habibulla Eshmatov. Ammo hech qancha ishlamay yopilib ketgan. Hozirda fuqarolar masjidni oʻgʻrixona deb atashadi. Chunki qishlogʻimizda oʻgʻrilik sodir etilsa, koʻpincha oʻgʻrilar shu yerdan topilgan.

- “Nekuz” fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organining binosi ham anchagina taʼmirtalab holga kelib qolgan, - deydi mahalla raisi Dilshod Yarqulov. Aslida bu bino mahalla hisobida (balansida) emas. Fuqaroning foydalanishda boʻlmagan uyida joylashgan. Bu masala boʻyicha biz tuman mahalla kengashiga ham hokimlikka ham murojaat etganmiz. Biroq hali aniq javob olmadik.

Nekuzning yoʻllarida avtomobilda harakatlanish kishida bir qancha noqulayliklarni yuzaga keltiradi.

Tasavvur qiling bu yoʻlda homilador ayol shifoxonaga olib ketilayapti yoki yoshi keksa kishining tobi qochib qoldi. Ularga zudlik bilan tibbiy xizmat koʻrsatilishi darkor. Aks holda…

Kosonda muammolar talaygina. Bu muammolarga yechim topish borasida mutasaddilar astoydil harakat qilishi kerak. Shundagina chekka – chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning turmush-tarzi yaxshilanadi.

Yuqoridagi mavzuga yana qaytamiz.
Dilshod NABIYEV.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nekuzda 1 kun: “Vagon”dagi nazorat maskani, xarobaga aylangan masjid…(foto)