09:46 / 27.03.2019
3 127

Hukumat tarkibiy boʻlinmalarining baʼzi rahbarlari lavozimidan ozod qilindi

Hukumat tarkibiy boʻlinmalarining baʼzi rahbarlari lavozimidan ozod qilindi
Hukumatning “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalarining rahbar xodimlarini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Zafar Zoirovich Saidov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimidan;

Muzaffar Rahimjonovich Rasulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimidan ozod qilindilar.

Bildirilishicha, 3.Saidov va M.Rasulovlarning avvalgi lavozimi boʻyicha belgilangan tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari saqlab qolinadi.
Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 26 mart kuni ushbu qarorni imzoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hukumat tarkibiy boʻlinmalarining baʼzi rahbarlari lavozimidan ozod qilindi