24 aprel kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev hamda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin boshchiligida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Maksim Oreshkinning ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 20 foizga o‘sdi - bu MDH davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.
«Bosh vazirlar darajasida qo‘shma komissiya mavjud, bizda bu dunyodagi faqatgina bir necha davlat bilan amal qiladi. Bosh vazirlar uchrashuvi may oyi oxiriga rejalashtirilgan. Yil oxirida esa O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifini kutmoqdamiz», - dedi Oreshkin.
Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik mustahkamlanayotgani hamda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘sib borayotganini ta’kidladi. «Ayniqsa, shuni ta’kidlashni istardimki, tayyor, qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmi o‘smoqda, sababi bu rossiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ular o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan ish olib boradigan kompaniyalardir, bu Rossiya bozoriga yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlaydi», - dedi u.
Xo‘jayev, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma korxonalar soni ortib borayotganini qayd etdi - 2019 yil birinchi choragida ular soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 400taga ko‘paygan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi