16:54 / 29.04.2019
3 686

O‘zbekistonda ushbu hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda ushbu hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 1-4 may kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 1 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 2-4 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-2 mayda 7-12 daraja iliq bo‘ladi, 3-4 mayda 12-17 darajagacha ko‘tariladi, kunduzi 1 mayda 18-23 daraja issiq bo‘ladi, 2-4 mayda 25-30 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-2 mayda 10-15 daraja, 3-4 mayda 12-17 daraja iliq, kunduzi 1 mayda 20-25 daraja issiq bo‘ladi, 2-4 mayda 25-30 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 1 mayda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2-4 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 1-3 mayda 20-25 daraja, 4 mayda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 1 mayda 22-27 daraja, 2-4 mayda 24-29 daraja, 3-4 mayda ba’zi joylarda 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 1-3 mayda 18-23 daraja, 4 mayda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 1 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2-4 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 1-2 mayda 10-15 daraja, 3-4 mayda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ushbu hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?