19:50 / 22.08.2019
2 279

Toshkentda avtobuslarga videokuzatuv kameralari oʻrnatish boshlandi

Toshkentda avtobuslarga videokuzatuv kameralari oʻrnatish boshlandi
Foto: Toshshahartransxizmat
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan avtobuslarga videokuzatuv kameralari oʻrnatilishi boshlandi.

Dastlabki kuzatuv kameralari “2 Avtobus saroyi” MCHJ tasarrufidagi 5 ta №24 yoʻnalish avtobuslariga oʻrnatildi. Video kuzatuvdan koʻzlangan asosiy maqsad yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash.

Jamoat transporti monitoringi quyidagi dolzarb vaziyatlarni hal etishda yordam beradi:
Jinoyat va terrorchilik harakatlarini oldini olish;

Jamoat transportini boshqarishga masʼul shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlarini aniqlash;
Fuqarolar hayoti va mulkini jinoiy omillar taʼsiridan himoya qilish;

Jamoat transportini boshqarishga masʼul shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlarini aniqlash;
Fuqarolar hayoti va mulkini jinoiy omillar taʼsiridan himoya qilish;

Shu bilan birga, videokuzatuv tizimining asosiy vazifalaridan biri yoʻl-harakati xavfsizligi sifatini yaxshilashdir. Videokuzatuvdan foydalanish shubhali buyumlar, shubhali shaxslar, avtobus jihozlariga zarar yetkazish holatlari, yoʻlovchilar qatnovi hisobini yuritish, avtohalokat hodisalarida munozarali holatlarga aniqlik kiritish va aybdor shaxslarni aniqlash (koʻp hollarda avtobus haydovchisining aybsizligini isbotlash) va hokazo holatlarni aniqlash uchun xizmat qiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda avtobuslarga videokuzatuv kameralari oʻrnatish boshlandi