Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent - Kiyev - Toshkent yo‘nalishida 5 oktyabrdan boshlab haftalik charter reysini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda in4avia Telegram kanali xabar berdi.
Reyslar Airbus A320 samolyotlarida har shanba kuni amalga oshiriladi.
O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi 2015 yil may oyigacha Toshkent - Kiyev - Toshkent yo‘nalishida muntazam reyslarni amalga oshirgan. Parvozlar ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida kelishuvga erishilmaganligi sababli to‘xtatildi. «Ukraina xalqaro liniyalari» aviakompaniyasi ham ushbu yo‘nalishdagi parvozlarni to‘xtatgan.
Uzbekistan Airways - O‘zbekiston aviatashuvchisi bo‘lib, 100 foizi davlatga tegishli shirkatdir. Kompaniya Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlariga 60 dan ortiq yo‘nalishlarda muntazam reyslarni amalga oshiradi. Bugungi kunda «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining parki zamonaviy «Boeing-757/767», «Boeing-787-8 Dreamliner», «Airbus A320» laynerlari, shuningdek «Boeing-767-300BCF» yuk samolyotlaridan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi