O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 29—31 dekabr kunlari butun respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarga tuman tushishi ham mumkin. Yangi yil bayramiga O‘zbekiston hududida qor yog‘ishi kutilmayapti.
31 dekabr, seshanba kuni kechasi havo harorati 0—5 darajagacha pasayishi, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida 31 dekabr kuni harorat kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kechasi 3 daraja sovuq — 8 daraja iliq bo‘ladi. Shamol tezligi 7—12 metr/sekundan 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Statistikaga ko‘ra, so‘nggi 50 yil ichida Toshkentda 31 dekabr va 1 yanvarda o‘rtacha yog‘ingarchilik har 3-5 yilda 1 marotaba kuzatilgan. Ko‘p hollarda yomg‘ir ko‘rinishida bo‘lgan.
«So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab global isish tendensiyasi kuzatilishi sabab iliq qishlar soni ko‘payib, qor yog‘ishi kamaymoqda. So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekistonda Yangi yil bayrami kuni quruq ob-havo kuzatilmoqda. Bu yil ham Yangi yilni biz qorsiz kutib olamiz», — deyiladi O‘zgidromet xabarida.
26—28 dekabr kunlari kunduzi harorat 14—17 darajagacha ko‘tariladi. Bu me’yordan 8—10 daraja yuqori degani. Dekabr oyining so‘nggi kunlarida havo harorati me’yoriy chegarada bo‘lib, kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi. 29—31 dekabrda O‘zbekistonning ba’zi hudularida yomg‘ir yog‘adi. Faqat respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi