2 908
Shavkat Mirziyoyev: «Endi O‘zbekistonda investitsiya bo‘yicha aniq qonun ishlaydi»
Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni «Navoiyazot» AJ negizidagi majmua ochilishi marosim davomida O‘zbekistonda investorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning qonuniy kafolatlari haqida ham gapirdi.
«Tan olaylik, shu paytga qadar O‘zbekistonda investorlarga xavf bor edi. Ular bizning davlatga pul tikishga qo‘rqishardi.
Investitsiya faoliyati qaror bilan tartibga solinardi, ammo bu qaror istalgan paytda, istalgan kishi foydasiga ishlab ketavergan.
Men yaqinda «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladim. Bu qonun endilikda investorlarga kafolat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu kimgadir yoqadi, kimgadir esa yo‘q, lekin endi O‘zbekistonda bu sohada ham aniq va qat’iy qonun ishlaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident shuningdek, endilikda istalgan investor dunyoning istagan joyida turib O‘zbekistonda amalga kiritilgan qonun haqida ma’lumot olishi va investor huquqlari himoya qilinishiga ishonch hosil qilishi mumkinligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi