16:38 / 22.11.2016
7 773

O‘tgan 9 oy ichida bojxonachilar tomonidan 194 ming dollar naqd xorijiy valyutaning noqonuniy olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi

O‘tgan 9 oy ichida bojxonachilar tomonidan 194 ming dollar naqd xorijiy valyutaning noqonuniy olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi

"Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan naqd xorijiy valyutalarning havo yo‘llari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Jumldan, Seulga parvozi oldidan xorazmlik V.Kim (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida 2 ming AQSh dollarini olib chiqayotganligini qayd qildi, ammo bojxona ko‘rigi davomida uning sumkasidan yana shuncha miqdorda naqd xorijiy valyutalar yashirilganligi bojxona xodimlari tomonidan aniqlandi.

Poytaxtlik Rimga parvozga chog‘langan A.Cho‘ponova yonidagi ortiqcha 1750 evro haqida yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatmagani aniq bo‘ldi.

Istambulga yo‘l olgan toshkentlik S.Kayumova sumkasiga 1800 evroni yashirib qo‘ygani fosh qilindi.

Ayni shu reys bo‘yicha safarga otlangan fuqaro M.Adilov ichki kiyimlari orasiga 2470 AQSh dollarini yashirganligi ma’lum bo‘ldi.

"Toshkent-Moskva" reysi bo‘yicha parvozga shaylangan V.Soy 3200 AQSh dollarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Istambulga parvozi oldidan samarqandlik X.Ravshanovaning naqd xorijiy valyutalarini yashirincha olib o‘tishga harakat qilgan 5 ming AQSh dollari bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 182 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida salkam 194 ming AQSh dollari, 16,4 ming evro, 2 mln.dandan ortiq Rossiya rubli va boshqa naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy ravishda olib o‘tilishining oldi olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘tgan 9 oy ichida bojxonachilar tomonidan 194 ming dollar naqd xorijiy valyutaning noqonuniy olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi