Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu jinoyat joriy yilning 6 fevral kuni taxminan soat 18:30larda Toshkent shahar Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan, deb yozadi Sof.uz sayti.
4-5 nafar noma’lum shaxs qora rangli niqob va qo‘lqob kiygan holda davlat raqami noma’lum bo‘lgan, oq rangli «Neksiya-1» rusumli avtomashinada kelib, «Neksiya-2» rusumli avtomashina haydovchisi, Uchtepa tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan kuch ishlatib, qo‘llariga plastmassadan yasalgan kishan taqib, boshiga qora rangli niqob kiydirgan holda avtomashinada noma’lum tomonga olib ketgan.
So‘ng uning beliga qo‘lbola, yasama moslama taqib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan va 20 000 (yigirma ming) AQSh dollari miqdorida pul talab qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan 7 fevral kuni Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 137-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari va 165-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan 5 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Jinoyatda gumonlanuvchilarning biri muqaddam sudlangan, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1968 yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib, uning jinoiy sheriklaridan 2 nafari Parkent tumanida yashovchi 1969 yilda va 1978 yilda tug‘ilgan, yana 2 nafari esa poytaxtning Uchtepa tumanida yashovchi 1984 va 1991 yilda tug‘ilgan shaxslar ekanligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida yuqorida qayd etilgan jinoyatni ular 1991 yilda tug‘ilgan jinoiy sheriklarining «Neksiya» rusumli avtomashinada sodir etgani fosh etildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda