O‘zgidrometerologiya markazining xabar berishicha, 1–4 aprel kunlari respublikamizda havoning keskin o‘zgarishi, qorga aylanuvchi yomg‘ir yog‘ishi, shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrga etishi kutilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
REGNUM axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyining boshida kutilayotgan ayoz, yomg‘ir va kuchli shamol gilos, o‘rik va shaftoli kabi mevalarning hosiliga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayni paytda yurtimizda bu daraxtlar gullamoqda.
Ekspertlarning fikricha, bunday sovuqning kutilmaganda qaytishi bog‘ va tomorqalardagi gullayotgan va tuguncha yozayotgan ko‘plab nabobot turlari hosilining nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sabzavot va mevalar uchun havo haroratining –5... –9 darajaga tushishi ham halokatli oqibatlarga olib keladi. Kashnich, sabzi, selderey, piyoz, shivit va ismaloq ekkanlar xotirjam bo‘lishlari mumkin — ular sovuqqa chidamli o‘simliklar hisoblanadi va –8... –10 daraja sovuqqa ham chidaydi. Talofat ko‘rishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar ichida pomidor, bodring, baqlajon va qalampir kabi o‘simliklar bor. Ular issiqxonada ekilgan bo‘lsa ham, me’yordagi harorat rejimini saqlash, keskin o‘zgarishlardan himoyalash kerak. Engil minus (–2... –3 daraja) ularni nobud qilmaydi, lekin rivojlanishini bir necha hafta ortga surishi mumkin. Gilos, olma va boshqa danakli mevalarning –4 daraja sovuqda pushtasi to‘kiladi, gullayotgan paytida –2 daraja sovuq ursa ham tugunchasi nobud bo‘ladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda yiliga 17 million tonna meva-sabzovot mahsulotlari etishtiriladi, ularning 4 million tonnadan ortig‘i eksport qilinadi. Ya’ni, respublikamizda etishtirilayotgan meva-sabzovotlar miqdori nafaqat ichki bozorni to‘liq ta’minlash, balki yuqori sifatli mahsulotlarni xorijga etkazishga ham etadi.
O‘tgan yilning noyabr oyida o‘tkazilgan I xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida O‘zbekiston 1 mlrd. AQSh dollaridan ortiq summaga 355 ta shartnoma imzolagan edi. Ushbu shartnomalarga ko‘ra, O‘zbekiston 1 mln. 421 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. "O‘zagroeksport" ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari yalpi eksportini 2016 yildagiga nisbatan 1,55 martaga oshirib, 1,27 mln. tonnaga etkazishni rejalashtirgan. Kompaniya mutaxassislarning baholashicha, eksport umiymiy hajmining 60 foizi Rossiya Federasiyasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yilda Qozog‘istonga etkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlari ulushini 23 foizga oshirib — 410 mln. AQSh dollari qiymatida 560 ming tonnaga etkazishni maqsad qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi